- وعن عبد الله ابن الزبير رضي الله عنهما أنه كان يقول دبر كل صلاة، حين يسلم: لا إله إلا الله وحده لا شريك له ، له الملك وله الحمد ، وهو على كل شيء قدير . لا حول ولا قوة إلا بالله ،لا إله إلا الله، ولا نعبد إلا إياه، له النعمة، وله الفضل وله الثناء الحسن. لا إله إلا الله مخلصين له الدين ولو كره الكافرون . قال ابن الزبير: وكان رسول الله صلى الله عليه وسلم، يهلل بهن دبر كل صلاة. ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U har namozdan soʻng, salom berganida bunday derdi: «La ilaha illalloh, vahdahu la sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva ala kulli shayin qadir. La havla va la quvvata illa billah. La ilaha illalloh, va la naʼbudu illa iyyah, lahun-niʼmatu va lahul-fadlu va lahus-sanaul-hasan. La ilaha illalloh muxlisina lahud-din, va lav karihal-kafirun» (Allohdan boʻlak iloh yoʻq, U yolgʻizdir, sherigi yoʻqdir. Mulk Uniki, hamd Unikidir, U har narsaga qodirdir. Alloh (yordami) bilan boʻlmasa quvvat ham, qudrat ham yoʻqdir. Allohdan boʻlak iloh yoʻq, biz faqat Ungagina ibodat qilamiz. Neʼmat Uniki, fazl Uniki va goʻzal maqtov Unikidir. Kofirlar yomon koʻrsalar-da, dinni Unga xolis qilgan holda ‹Allohdan boʻlak iloh yoʻq›, deymiz). Ibn Zubayr: «Rasululloh ﷺ ham har namozdan soʻng shu (kalimalar) bilan tahlil aytar edilar», dedi.