- وعن علي رضي الله عنه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا قام إلى الصلاة يكون من آخر ما يقول بين التشهد والتسليم: "اللهم اغفر لي ما قدمت وما أخرت، وما أسررت وما أعلنت، وما أسرفت، وما أنت أعلم به مني، أنت المقدم، وأنت المؤخر، لا إله إلا أنت" ((رواه مسلم)).
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ namozga turganlarida shunday der edilar: «Yuzimni butun ixlos bilan osmonlaru yerni yaratgan (Zot)ga qaratdim va men mushriklardan emasman. Albatta, namozim, qurbonligim, hayotim va oʻlimim olamlarning Robbi Alloh uchundir. Uning sherigi yoʻq. Men shunga buyurilganman va men musulmonlardanman. Allohim! Sen Malik (Podshoh)san, Sendan oʻzga iloh yoʻq. Sen mening Robbimsan, men esa Sening bandangman. Oʻzimga zulm qildim va gunohimni eʼtirof etdim. Bas, barcha gunohlarimni kechirgin, chunki gunohlarni Sendan oʻzga hech kim kechirmaydi. Meni eng goʻzal axloqqa hidoyat qilgin, uning eng goʻzaliga Sendan oʻzga hech kim hidoyat qilmaydi. Yomon (axloq)ni mendan uzoqlashtirgin, uning yomonini mendan Sendan oʻzga hech kim uzoqlashtirmaydi. Labbayka va saʼdayka (amringga bandaman). Barcha yaxshilik Sening qoʻlingdadir, yomonlik esa Senga (nisbat berilmaydi). Men Sen (tufayli mavjud)man va Senga (qaytaman). Sen barakotlisan va oliysan. Sendan magʻfirat soʻrayman va Senga tavba qilaman». (U zot) ruku qilganlarida shunday der edilar: «Allohim! Sen uchun ruku qildim, Senga iymon keltirdim va Senga taslim boʻldim. Qulogʻim, koʻzim, miyam, suyagim va paylarim Senga boʻysundi». (U zot rukudan) bosh koʻtarganlarida shunday der edilar: «Allohim, ey Robbimiz! Osmonlar toʻla, yer toʻla, ular orasidagi narsa toʻla va undan keyin Oʻzing istagan narsa toʻla hamd Sengadir». (U zot) sajda qilganlarida shunday der edilar: «Allohim! Senga sajda qildim, Senga iymon keltirdim va Senga taslim boʻldim. Yuzim oʻzini yaratgan, shaklga keltirgan, qulogʻini va koʻzini ochgan (Zot)ga sajda qildi. Yaratuvchilarning eng goʻzali boʻlmish Alloh barakotlidir». Soʻng tashahhud bilan salom orasida aytadigan eng oxirgi (soʻzlari) shu boʻlar edi: «Allohim! Avval qilgan, keyin qilgan, yashirin qilgan, oshkora qilgan, isrof qilgan va Sen mendan koʻra yaxshiroq biladigan (gunohlarimni) kechirgin. Sen oldinga oʻtkazuvchisan va Sen orqaga qoldiruvchisan. Sendan oʻzga iloh yoʻq».