- وعن أبي هريرة، رضي الله عنه، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم، قال: "يقول الله تعالى: أنا عند ظن عبدي بي، وأنا معه إذا ذكرني، فإن ذكرني في نفسه، ذكرته في نفسي وإن ذكرني في ملإٍ ذكرته في ملإٍ خير منهم" ((متفق عليه)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ: «Alloh taolo: ‹Men — bandamning Men haqimdagi gumoni huzuridaman (u Meni qanday gumon qilsa, shundaydirman); va u Meni zikr qilganida, Men u bilan birgaman. Bas, agar u Meni oʻz ichida (koʻnglida) zikr qilsa, Men ham uni Oʻz ichimda zikr qilaman; agar u Meni bir jamoa ichida zikr qilsa, Men uni ulardan koʻra yaxshiroq bir jamoa ichida zikr qilaman. Agar u Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir tirsak yaqinlashaman; agar u Menga bir tirsak yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman; agar u Menga yurib kelsa, Men unga shoshib (yugurib) kelaman›, deydi», dedilar.