- وعن جابر رضي الله عنه، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "من قال: سبحان الله وبحمده، غرست له نخلة في الجنة". رواه الترمذي وقال حديث حسن.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bir kunda yuz marta ‹Lo ilaha illalloh, vahdahu lo sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, yuhyi va yumit, va huva ala kulli shayʼin qadir (Yolgʻiz Allohdan boshqa iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Unikidir va hamd Unikidir, U tiriltiradi va oʻldiradi, U har bir narsaga qodirdir)› desa, bu unga oʻn qulni ozod etgan kabi (savob) boʻladi, unga yuzta yaxshilik yoziladi, undan yuzta yomonlik oʻchiriladi va bu unga oʻsha kuni kechgacha shaytondan himoya boʻladi, hech kim u keltirgan narsadan afzalroq narsa keltira olmaydi, faqat undan koʻproq amal qilgan kishidan boshqa», dedilar. Va shu isnod bilan Nabiy ﷺdan (rivoyat qilinadiki): «Kim yuz marta ‹Subhanallohi va bihamdih (Allohni Uning hamdi bilan poklayman)› desa, garchi xatolari dengiz koʻpigichalik koʻp boʻlsa-da, kechiriladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.