- وعن أبي سعيد الخدري رضي الله عنه قال: خرج معاوية رضي الله عنه على حلقة في المسجد، فقال: ما أجلسكم؟ قالوا: جلسنا نذكر الله. قال: آلله ما أجلسكم إلا ذاك؟ قالوا: ما أجلسنا إلا ذاك، قال: أما إني لم أستحلفكم تهمة لكم، وما كان أحد بمنزلتي من رسول الله صلى الله عليه وسلم أقل حديثًا مني: إن رسول الله صلى الله عليه وسلم خرج على حلقة من أصحابه فقال: "ما أجلسكم؟" قالوا: جلسنا نذكر الله، ونحمده على ما هدانا للإسلام، ومنَّ به علينا. قال: "آلله ما أجلسكم إلا ذاك؟" قالوا: والله ما أجلسنا إلا ذلك". قال: "أما إني لم أستحلفكم تهمة لكم، ولكنه أتاني جبريل فأخبرني أن الله يباهي بكم الملائكة" ((رواه مسلم)).
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Muoviya masjiddagi bir halqa (oldiga) chiqib: «Sizlarni nima oʻtqazib qoʻydi?» dedi. Ular: «Allohni zikr etgani oʻtiribmiz», dedilar. (Muoviya): «Alloh haqi, sizlarni faqat shugina oʻtqazdimi?» dedi. Ular: «Alloh haqi, bizni faqat shugina oʻtqazdi», dedilar. (Muoviya): «Men sizlarga (biror) tuhmat tufayli qasam ichirayotganim yoʻq. Rasululloh ﷺ huzuridagi mendek martabali kishilar orasida u zotdan men kabi kam hadis rivoyat qilgan birorta odam yoʻq edi. Rasululloh ﷺ sahobalaridan bir halqa (oldiga) chiqib: ‹Sizlarni nima oʻtqazdi?› dedilar. Ular: ‹Bizni Islomga hidoyat qilgani va biz uchun (uni) inʼom etgani uchun Allohni zikr etib, Unga hamd aytib oʻtiribmiz›, dedilar. (U zot): ‹Alloh haqi, sizlarni faqat shugina oʻtqazdimi?› dedilar. Ular: ‹Alloh haqi, bizni faqat shugina oʻtqazdi›, dedilar. (U zot): ‹Men sizlarga (biror) tuhmat tufayli qasam ichirayotganim yoʻq, balki menga Jibril kelib, Aziz va Jalil Alloh sizlar bilan farishtalarga faxrlanishini xabar berdi›, dedilar», dedi.