- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا أوى أحدكم إلى فراشه، فلينفض فراشه بداخلة إزاره فإنه لا يدري ما خلفه عليه، ثم يقول: باسمك ربي وضعت جنبي، وبك أرفعه؛ إن أمسكت نفسي فارحمها، وإن أرسلتها، فاحفظها بما تحفظ به عبادك الصالحين" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringiz toʻshagiga kelganida, izorining ichki chekkasi bilan toʻshagini qoqib tozalasin, chunki u (toʻshakni) tark etganidan keyin unga nima tushganini bilmaydi. Soʻng oʻng yoni bilan yotsin, keyin: ‹Robbim, isming bilan yonimni (yerga) qoʻydim va Sening (yordaming) bilan uni koʻtaraman. Agar jonimni ushlab qolsang (oʻldirsang), unga rahm qilgil; agar uni qoʻyib yuborsang (yashatsang), uni solih bandalaringni saqlaganing bilan saqlagil›, desin», dedilar.