- وعن البراء بن عازب رضي الله عنهما، قال: قال لي رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا أتيت مضجعك فتوضأ وضوءك للصلاة، ثم اضطجع على شقك الأيمن، وقل: اللهم أسلمت نفسي إليك، ووجهت وجهي إليك وفوضت أمري إليك، وألجأت ظهري إليك رغبة ورهبة إليك لا ملجأ ولا منجا منك إلا إليك آمنت بكتابك الذي أنزلت، وبنبيك الذي أرسلت، فإن مت، مت على الفطرة، واجعلهن آخر ما تقول" ((متفق عليه)).
(Baro ibn Ozib (roziyallohu anhumo) aytdi:) Rasululloh ﷺ menga: «Yotoqqa borganingda, namoz uchun tahorat qilgandek tahorat qil, soʻng oʻng yoning bilan yonboshla va: ‹Allohumma aslamtu vajhiy ilayka, va favvaztu amriy ilayka, va aljaʼtu zahriy ilayka, ragʻbatan va rahbatan ilayka, la maljaa va la manja minka illa ilayka, amantu bikitabikallaziy anzalta va binabiyyikallaziy arsalta› (Allohim, yuzimni Senga taslim qildim, ishimni Senga topshirdim, oʻzimni (orqamni) Senga suyadim — Senga boʻlgan ragʻbat va (azobingdan) qoʻrquv bilan; Sendan (qochib) boriladigan boshpana ham, najot ham faqat Sening Oʻzingdadir; Sen nozil qilgan Kitobingga va Sen yuborgan Paygʻambaringga iymon keltirdim) deb ayt. Agar (shu kechada) oʻlsang, fitrat (Islom) uzra oʻlasan — bas, bularni (yotishdan) oldin aytadigan oxirgi soʻzing qilgin», dedilar. Men (yodlab olar ekanman): «...va birasulikallaziy arsalta» dedim. U zot: «Yoʻq, ‹va binabiyyikallaziy arsalta› (deb ayt)», dedilar.