- وعن أنس رضي الله عنه، قال: كان أكثر دعاء النبي صلى الله عليه وسلم: "اللهم آتنا في الدنيا حسنة، وفي الآخرة حسنة، وقنا عذاب النار" ((متفق عليه)). زاد مسلم في روايته قال: وكان أنس إذا أراد أن يدعو بدعوة دعا بها، وإذا أراد أن يدعو بدعاء دعا بها فيه.
Abdulaziz ibn Suhayb (rahimahulloh) aytadi: Qatoda Anas(roziyallohu anhu)dan: «Rasululloh ﷺ eng koʻp qaysi duo bilan duo qilar edilar?» deb soʻradi. U: «U zot eng koʻp duo qiladigan duolari: ‹Allohumma Robbanaa, aatinaa fid-dunyaa hasanatan va fil-aaxiroti hasanatan va qinaa azaaban-naar (Ey Allohim, ey Robbimiz, bizga dunyoda yaxshilik, oxiratda ham yaxshilik ato et va bizni doʻzax azobidan saqla)› edi», dedi. Ziyod (oʻz rivoyatida) shuni qoʻshdi: Anas (biron) duo bilan duo qilmoqchi boʻlsa, shu duoni qoʻshib aytar edi.