- وعن أبي موسى، رضي الله عنه، عن النبي صلى الله عليه وسلم، أنه كان يدعو بهذا الدعاء: "اللهم اغفر لي خطيئتي وجهلي، وإسرافي في أمري، وما أنت أعلم به مني، اللهم اغفر لي جدي وهزلي، وخطئي وعمدي، وكل ذلك عندي، اللهم اغفر لي ما قدمت وما أخرت، وما أسررت وما أعلنت، وما أنت أعلم به مني، أنت المقدم، وأنت المؤخر، وأنت على كل شيء قدير" ((متفق عليه)).
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ushbu duo bilan duo qilar edilar: «Allohim, xatoyimni, jaholatimni, ishimdagi isrofimni (haddan oshishimni) va Sen mendan koʻra yaxshiroq biladigan (gunohlarim)ni magʻfirat qil. Allohim, jiddiy (qilgan) va hazil (bilan qilgan), bilmasdan (qilgan) va atayin (qilgan) (gunohlarim)ni magʻfirat qil — bularning hammasi mende bor. Allohim, oldinroq (qilgan) va keyinroq (qilgan), yashirin (qilgan) va oshkora (qilgan), Sen mendan koʻra yaxshiroq biladigan (gunohlarim)ni magʻfirat qil. (Hamma narsani) oldinga oʻtkazguvchi ham Sensan, orqaga suruvchi ham Sensan va Sen har narsaga Qodirsan.»