- وعن علي، رضي الله عنه، أن مكاتبًا جاءه، فقال: إني عجزت عن كتابتي. فأعني. قال: ألا أعلمك كلمات علمنيهن رسول الله صلى الله عليه وسلم، لو كان عليك مثل جبل دينا أداه الله عنك؟ قل: "اللهم اكفني بحلالك عن حرامك، وأغنني بفضلك عمن سواك" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن)).
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir mukotab (ozodlik shartnomasi tuzgan qul) uning oldiga kelib: «Men kitobatim (toʻlovim)ni ado etishdan ojiz qoldim, menga yordam ber», dedi. U: «Senga Rasululloh ﷺ menga oʻrgatgan kalimalarni oʻrgataymi? Ustingda Sir togʻicha qarz boʻlsa ham, Alloh uni sening nomingdan ado etadi. ‹Allohumma-kfini bihalalika an haromika, va agʻnini bifazlika amman sivaka (Ey Allohim, meni Oʻzingning halolingla haromingdan kifoya qil, meni Oʻzingning fazling bilan Oʻzingdan boshqadan behojat qil)› deb ayt», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.