- وعن شهر بن حوشب قال: قلت لأم سلمة، رضي الله عنها، يا أم المؤمنين ما كان أكثر دعاء رسول الله صلى الله عليه وسلم، إذا كان عندك؟ قالت: كان أكثر دعائه: "يا مقلب القلوب ثبت قلبي على دينك" ((رواه الترمذي، وقال: حديث حسن)).
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Shahr ibn Havshab aytadi: «Men Ummu Salamaga: ‹Ey moʻminlarning onasi, Rasululloh ﷺ siznikida boʻlganlarida eng koʻp aytadigan duolari nima edi?› dedim. U: ‹Eng koʻp aytadigan duolari: «Yaa muqollibal-qulub, sabbit qolbiy ʼalaa diynik» (Ey qalblarni oʻzgartiruvchi Zot, qalbimni dining ustida sobit qil) edi›, dedi». U aytdi: «Men: ‹Ey Allohning Rasuli, nega ‹Yaa muqollibal-qulub, sabbit qolbiy ʼalaa diynik› deb koʻp duo qilasiz?› dedim. U zot: ‹Ey Ummu Salama, hech bir odam yoʻqki, uning qalbi Allohning barmoqlaridan ikki barmogʻi orasida boʻlmasin. Bas, U xohlagan kishini (toʻgʻri) tutib turadi, xohlagan kishini ogʻdirib yuboradi›, dedilar». Soʻng Muoz: {Robbanaa laa tuzigʻ qulubanaa baʼda iz hadaytanaa} (Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan keyin qalblarimizni (haqdan) ogʻdirib qoʻyma) oyatini tilovat qildi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Oisha, Navvos ibn Samʼon, Anas, Jobir, Abdulloh ibn Amr va Nuaym ibn Hammordan ham (rivoyatlar) bor. U aytdi: Bu hadis hasandir.