- وعن أبي أمامة، رضي الله عنه قال: دعا رسول الله صلى الله عليه وسلم، بدعاء كثير لم نحفظ منه شيئًا، قلنا: "يا رسول الله دعوت بدعاء كثير لم نحفظ منه شيئا،" فقال: "ألا أدلكم على ما يجمع ذلك كله؟ تقول: "اللهم إني أسألك من خير ما سألك منه نبيك محمد صلى الله عليه وسلم، وأعوذ بك من شر ما استعاذ منه نبيك محمد صلى الله عليه وسلم، وأنت المستعان، وعليك البلاغ، ولا حول ولا قوة إلا بالله". رواه الترمذي وقال حديث حسن.
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ koʻp duolar bilan duo qildilar, ulardan biror narsani yodlab qola olmadik. Biz: ‹Ey Allohning Rasuli, siz koʻp duolar bilan duo qildingiz, ulardan biror narsani yodlay olmadik›, dedik. Shunda u zot: ‹Sizlarga shularning hammasini jamlaydigan narsani koʻrsataymi? Shuni ayt: Alloohumma innaa nasʼaluka min xoyri maa saʼalaka minhu nabiyyuka Muhammadun, va naʼuuzu bika min sharri mastaʼaazaka bihi nabiyyuka Muhammadun, va antal-mustaʼaanu va ʼalaykal-balaagu va laa havla va laa quvvata illaa billaah (Ey Alloh, biz Sendan Paygʻambaring Muhammad ﷺ Sendan soʻragan narsalarning yaxshisini soʻraymiz va Paygʻambaring Muhammad ﷺ Sendan panoh tilagan narsalarning yomonligidan Senga panoh tilaymiz. Yordam soʻraladigan Zot Sansan, yetkazish Senga bogʻliq va Allohdan boshqada kuch-quvvat yoʻq)›, dedilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.