- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "لقد كان فيما قبلكم من الأمم ناس محدثون، فإن يك في أمتي أحد، فإنه عمر" ((رواه البخاري، ورواه مسلم من رواية عائشة، وفي روايتهما قال ابن وهب: "محدثون" أي: ملهمون)).
Rasululloh ﷺ: «Sizlardan oldingi ummatlarda muhaddaslar (ilhom beriladigan kishilar) boʻlgan. Agar mening ummatimda biror (shunday) kishi boʻlsa, albatta u Umardir», dedilar. Zakariyo ibn Abu Zoida Saʼddan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (rivoyat qilib) ziyoda qildi: Paygʻambar ﷺ: «Sizlardan oldin oʻtgan Bani Isroildan paygʻambar boʻlmagan holda (ilhom orqali) gaplashtiriladigan kishilar boʻlgan. Agar mening ummatimda ulardan biror kishi boʻlsa, u Umardir», dedilar. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo): «(Bu yerda) ‹na paygʻambar, na muhaddas (degani emas)›», dedi.