- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "ومن وقاه الله شر ما بين لحييه، وشر ما بين رجليه دخل الجنة". ((رواه الترمذي، وقال: حديث حسن)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimni Alloh ikki jagʻi orasidagi (til)ning yomonligidan va ikki oyogʻi orasidagi (narsa)ning yomonligidan saqlasa, u jannatga kiradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayradan rivoyat qilgan Abu Hozimning ismi Salmon boʻlib, Azza al-Ashjaiyaning ozod qilingan quli, kufalikdir. Sahl ibn Saʼddan rivoyat qilgan Abu Hozim esa Abu Hozim az-Zohid boʻlib, madinalikdir, ismi Salama ibn Dinordir. Bu hadis hasan gʻaribdir.