- وعن أنس رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “لما عُرج بي مررت بقوم لهم أظفار من نُحاس يخمشون وجوههم وصدورهم، فقلت: من هؤلاء يا جبريل؟ قال: هؤلاء الذين يأكلون لحوم الناس، ويقعون في أعراضهم!”. ((رواه أبو داود.))
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Men meʼrojga koʻtarilganimda misdan tirnoqlari bor, oʻz yuzlari va koʻkraklarini tirnayotgan bir qavmning oldidan oʻtdim. Men: ‹Ey Jibril, bular kimlar?› dedim. U: ‹Bular odamlarning goʻshtini yeydigan (gʻiybat qiladigan) va ularning nomuslarini tahqirlaydigan kimsalardir›, dedi», dedilar. Abu Dovud aytdi: Buni bizga Yahyo ibn Usmon Baqiyyadan rivoyat qildi, unda Anas (zikr qilingani) yoʻq.