- عن عائشة رضي الله عنها أن رجلا استأذن على النبي صلى الله عليه وسلم فقال: “ائذنوا له، بئس أخو العشيرة؟ " ((متفق عليه)). احتج به البخاري في جواز غيبة أهل الفساد وأهل الريب.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Nabiy ﷺ ning huzurlariga kirishga izn soʻradi. Shunda Nabiy ﷺ: «U qabilaning yomon birodaridir», dedilar. U kirgach, Rasululloh ﷺ unga ochiq yuz bilan muomala qildilar va u bilan suhbatlashdilar. U chiqib ketgach, men: «Yo Rasululloh, u izn soʻraganida siz ‹U qabilaning yomon birodaridir› dedingiz, u kirgach esa unga ochiq yuz bilan muomala qildingiz?» dedim. Shunda u zot: «Ey Oisha, albatta, Alloh qoʻpol va behayolik qiluvchi kishini sevmaydi», dedilar.