- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “تجدون الناس معادن: خيارهم في الجاهلية خيارهم في الإسلام إذا فقهوا، وتجدون خيار الناس في هذا الشأن أشدهم له كراهية، وتجدون شر الناس ذا الوجهين، الذي يأتي هؤلاء بوجه، وهؤلاء بوجه" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Sizlar koʻrasizki, odamlar har xil tabiatdadir. Johiliyat davrida eng yaxshi boʻlganlar — Islomda (ham) eng yaxshidir — agar ular diniy ilmni anglasalar. Va sizlar koʻrasizki, bu borada (yaʼni hukmronlik istagida) odamlarning eng yaxshisi — undan eng koʻp nafratlanadiganidir. Va sizlar koʻrasizki, odamlarning eng yomoni — ikkiyuzlamachi (kishi)dir — u bularning oldiga bir yuz bilan, boshqalarning oldiga boshqa yuz bilan keladi (yaʼni munofiq)», — dedi.