- وعن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لا يكون اللعانون شفعاء، ولا شهداء يوم القيامة" ((رواه مسلم)).
Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abdulmalik ibn Marvon Ummud-Dardoga oʻz tomonidan baʼzi uy anjomlarini yuborgan edi. Bir kechasi Abdulmalik tunda turib, xizmatkorini chaqirdi. (Xizmatkor) unga (kelishni) sekinlik qilgandek boʻldi, shunda (Abdulmalik) unga laʼnat oʻqidi. Tong otgach, Ummud-Dardo unga: «Kechasi xizmatkoringni chaqirganingda, unga laʼnat oʻqiganingni eshitdim», dedi. Soʻng (Ummud-Dardo): «Men Abud-Dardoning: ‹Rasululloh ﷺ: ‹Laʼnat oʻquvchilar Qiyomat kuni shafoatchi ham, guvoh ham boʻlmaydilar›, — dedilar›, deganini eshitganman», dedi.