- وعن أبي هريرة رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: " قال الله تعالى: ثلاثة أنا خصمهم يوم القيامة : رجل أعطى بي ثم غدر، ورجل باع حرًا فأكل ثمنه، ورجل استأجر أجيرًا، فاستوفى منه، ولم يعطه أجره" ((رواه البخاري)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Alloh: ‹Men Qiyomat kuni uch (xil) kishiga qarshi (xasm) boʻlaman: (1) Mening nomim bilan ahd qilib, soʻng xiyonat qilgan kishi; (2) hur (ozod) kishini (qul qilib) sotib, uning pulini yegan kishi; (3) va bir ishchini yollab, undan toʻliq ish olgan, lekin unga ish haqini toʻlamagan kishi›, (deydi)», — dedilar.