- وعن ابن مسعود رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا كنتم ثلاثة، فلا يتناجى اثنان دون الآخر حتى تختلطوا بالناس، من أجل أن ذلك يحزنه" ((متفق عليه)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlar uch (kishi) boʻlsangiz, odamlarga qoʻshilib aralashib ketgunlaringizcha ikkingiz boshqasini (chetda) qoldirib pichirlashmang, chunki bu uni xafa qiladi», dedilar.