- وعن هشام بن حكيم بن حزام رضي الله عنه أنه مر بالشام على أناس من الأنباط، وقد أقيموا في الشمس، وصُب على رءوسهم الزيت فقال: ما هذا؟ يُعذبون في الخراج وفي رواية: حُبسوا في الجزية. فقال هشام: أشهد لسمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "إن الله يعذب الذين يعذبون الناس في الدنيا" فدخل على الأمير، فحدثه، فأمر بهم فخلوا" ((رواه مسلم. "الأنباط" الفلاحون من العجم)).
Hisham ibn Hakim ibn Hizom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Shomda anbotlardan (arab boʻlmagan dehqonlardan) boʻlgan bir necha kishining oldidan oʻtib qoldi. Ular quyoshda tik turgʻizib qoʻyilgan, boshlariga zaytun yogʻi quyilgan edi. U: «Bu nima?» dedi. (Aytildiki:) ular xiroj tufayli azoblanmoqda — boshqa rivoyatda: jizya tufayli hibsga olingan. Shunda Hisham: «Guvohlik beramanki, men Rasululloh ﷺning: ‹Albatta Alloh dunyoda odamlarni azoblaydiganlarni azoblaydi›, deb aytayotganlarini eshitganman», dedi. Soʻng amirning huzuriga kirib, unga (bu hadisni) soʻzlab berdi. Amir esa ularni (ozod qilishga) buyurdi va ular qoʻyib yuborildi.