- وعن ابن مسعود رضي الله عنه قال: كنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم في سفر، فانطلق لحاجته، فرأينا حمرة معها فرخان، فأخذنا فرخيها، فجاءت الحمرة فجعلت تعرش فجاء النبي صلى الله عليه وسلم فقال: "من فجع هذه بولدها؟ ردوا ولدها إليها" ورأى قرية نمل قد حرقناها، فقال: "من حرق هذه؟" قلنا: نحن. قال: "إنه لا ينبغي أن يعذِّب بالنار إلا رب النار". قوله: قرية نمل معناه: موضع النمل مع النمل.
Abdurahmon ibn Abdulloh (rahimahulloh) otasidan rivoyat qilib, shunday dedi: Biz Rasululloh ﷺ bilan bir safarda edik. U zot hojatlari uchun (bir chetga) ketdilar. Biz ikkita boʻlasi bor bir chumchuqni (hummara) koʻrib qoldik va uning ikkala boʻlasini olib qoʻydik. Shunda chumchuq kelib, (boshi ustida) qanot qoqib aylana boshladi. Soʻng Nabiy ﷺ kelib: «Kim buni bolasidan judo qilib, qaygʻuga soldi? Uning bolasini oʻziga qaytaringlar!» dedilar. U zot biz kuydirib qoʻygan bir chumoli inini koʻrib: «Buni kim kuydirdi?» dedilar. Biz: «Biz», dedik. U zot: «Albatta, olov bilan azoblash olovning Robbidan boshqaga loyiq emas», dedilar.