- وعن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال: حملت على فرس في سبيل الله فأضاعه الذي كان عنده، فأردت أن أشتريه، وظننت أنه يبيعه برخص، فسألت النبي صلى الله عليه وسلم فقال: "لا تشتره ولا تعد في صدقتك وإن أعطاكه بدرهم، فإن العائد في صدقته كالعائد في قيئه" ((متفق عليه)). قوله: "حملت على فرس في سبيل الله" معناه: تصدقت به على بعض المجاهدين.
Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir marta men Alloh yoʻlida (sadaqa qilib) bir otni berdim, lekin oʻsha kishi unga yaxshi qaramadi. Men uni sotib olmoqchi boʻldim — u uni arzon narxda sotadi, deb oʻyladim. Bas, men bu haqda Paygʻambar ﷺ dan soʻradim. U zot: «Uni sotib ham olma, sadaqa qilgan narsangni qaytarib ham olma — hatto sotuvchi uni bir dirhamga sotishga rozi boʻlsa ham; chunki sadaqasini qaytarib olgan kishi — oʻz qusqini (qaytarindi)ni yutgan kishidek (boʻladi)», — dedilar.