- وعن أبي ذر رضي الله عنه قال: قيل لرسول الله صلى الله عليه وسلم : أرأيت الرجل يعمل العمل من الخير، ويحمده الناس عليه؟ قال: " تلك عاجل بشرى المؤمن" ((رواه مسلم)).
Abu Zarr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga: «Yaxshilikdan (biror) amal qiladigan, odamlar esa uni shu amali uchun maqtaydigan kishi haqida nima deysiz?» — deyildi. U zot: «Bu — moʻminga (bu dunyoda) muyassar boʻlgan xushxabardir», — dedilar.