- وعن أبي طلحة زيد بن سهل رضي الله عنه قال: كنا قعودًا بالأفنية نتحدث فيها فجاء رسول الله صلى الله عليه وسلم فقالم علينا فقال: "ما لكم ولمجالس الصعدات؟ فقلنا: إنما قعدنا لغير ما بأس، قعدنا نتذاكر، ونتحدث. قال: "إما لا فأدوا حقها: غض البصر، ورد السلام، وحسن الكلام" ((رواه مسلم)). "الصُّعُدات" بضم الصاد والعين، أي: الطرقات.
Abu Talha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: biz hovlilar oldida oʻtirib suhbatlashayotgan edik. Shunda Rasululloh ﷺ keldilar va bizning yonimizda toʻxtab: «Sizlarga nima boʻldi-yu, yoʻllarda oʻtirib olibsizlar? Yoʻllarda oʻtirishdan saqlaninglar», — dedilar. Biz: «Biz biron yomon (niyat) bilan oʻtirganimiz yoʻq, (faqat) oʻzaro mulohaza qilib, suhbatlashish uchun oʻtirdik», — dedik. U zot: «Agar (oʻtirishdan) qutula olmasangiz, uning haqini ado etinglar: koʻzni (haromdan) toʻsish, salomga alik olish va chiroyli soʻzlash», — dedilar.