- وعن أم سلمة رضي الله عنها قالت: كنت عند رسول الله صلى الله عليه وسلم وعنده ميمونة، فأقبل ابن أم مكتوم، وذلك بعد أن أُمرنا بالحجاب فقال النبي صلى الله عليه وسلم : "احتجبا منه" فقلنا: يا رسول الله إلىس هو أعمى لا يبصرنا، ولا يعرفنا؟ فقال النبي صلى الله عليه وسلم : "أفعمياوان أنتما ألستما تبصرانه؟!" ((رواه أبو داود والترمذي: وقال حديث حسن صحيح)).
Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdilar: Men Rasululloh ﷺning huzurlarida edim, Maymuna ham u zotning huzurlarida edi. Shunda Ibn Ummu Maktum keldi. Bu bizga hijob (parda tutish) buyurilganidan keyin edi. Nabiy ﷺ: «Undan parda tutinglar», dedilar. Biz: «Ey Rasululloh, u koʻr emasmi? U bizni koʻrmaydi va tanimaydi-ku», dedik. Shunda Nabiy ﷺ: «Sizlar ham ikkalangiz koʻrmisizlar? Sizlar uni koʻrmayapsizlarmi?» dedilar. Abu Dovud aytdi: Bu Nabiy ﷺning ayollariga xosdir. Fotima binti Qaysning Ibn Ummu Maktum huzurida idda oʻtaganini koʻrmaysanmi? Nabiy ﷺ Fotima binti Qaysga: «Ibn Ummu Maktum huzurida idda oʻta, chunki u koʻr kishi, kiyimingni uning oldida yecha olasan», degan edilar.