- وعن عبد الله بن جعفر رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم أمهل آل جعفر رضي الله عنه ثلاثًا، ثم أتاهم فقال: "لا تبكوا على أخي بعد اليوم". ثم قال: "ادعوا لي بني أخي" فجيء بنا كأننا أفرخ فقال: "ادعوا لي الحلاق" فأمره، فحلق رءوسنا". رواه أبو داود بإسناد صحيح على شرط البخاري ومسلم.
Uqba ibn Mukram va Ibnul Musanno bizga: Vahb ibn Jarir bizga, unga otasi rivoyat qilib aytdi, dedilar: Men Muhammad ibn Abu Yaʼqubning Hasan ibn Saʼddan, uning Abdulloh ibn Jaʼfar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilayotganini eshitdim: Paygʻambar ﷺ Jaʼfarning oilasining oldiga (taʼziyaga) borishni uch kun kechiktirdilar, soʻngra ularning huzuriga keldilar va: «Bugundan keyin akam uchun yigʻlamanglar», dedilar. Soʻng: «Menga akamning bolalarini chaqiringlar», dedilar. Shunda biz xuddi (uyasidan olingan) joʻjalardek qilib olib kelindik. U zot ﷺ: «Menga sartaroshni chaqiringlar», dedilar. Soʻng unga buyurdilar, u esa boshlarimizni qirib qoʻydi.