وَعَنْ حميْدِ بن عبْدِ الرَّحْمن أنَّهُ سَمِعَ مُعاويَةَ رضي اللَّه عنْهُ عامَ حجَّ علَى المِنْبَر وَتَنَاول قُصَّةً مِنْ شَعْرٍ كَانَتْ في يَدِ حَرِسيٍّ فَقَالَ: يَا أهْل المَدِينَةِ أيْنَ عُلَمَاؤكُمْ؟، سمِعْتُ النبيَّ صَلّى اللهُ عَلَيْهِ وسَلَّم يَنْهَى عنْ مِثْلِ هَذِهِ ويقُولُ: "إنًَّمَا هَلَكَتْ بنُو إسْرَائِيل حِينَ اتخذ هذه نِسَاؤُهُمْ" متفقٌ عليه.
Humayd ibn Abdurrahmon (Muoviyadan) rivoyat qiladi: U — Muoviya ibn Abu Sufyonning, oʻzi haj qilgan yili, minbarda (gapirayotganini) eshitdi. U bir mulozim qoʻlidagi bir tutam (yasama) sochni olib: «Ey Madina ahli! Sizning olimlaringiz qani? Men Paygʻambar ﷺ ning — mana shunday narsani (yaʼni yasama soch ishlatishni) man qilayotganini — eshitdim; va u zot: ‹Bani Isroil — ularning ayollari mana shu odatni (yaʼni sochni uzaytirish uchun yasama soch ishlatishni) qilganda — halok boʻldi›, — derdi», — dedi.