- وعن ابن عمر رضي الله عنهما قال: اشتكى سعد بن عبادة رضي الله عنه شكوى فأتاه رسول الله صلى الله عليه وسلم يعوده مع عبد الرحمن بن عوف، وسعد بن أبي وقاص، وعبد الله بن مسعود رضي الله عنهم، فلما دخل عليه، وجده في غشية فقال: "أقضي؟" قالوا: لا يا رسول الله فبكى رسول الله صلى الله عليه وسلم فلما رأى القوم بكاء النبي صلى الله عليه وسلم بكوا، قال: "ألا تسمعون؟ إن الله لا يُعذب بدمع العين، ولا بحزن القلب، ولكن يعذب بهذا" وأشار إلى لسانه "أو يرحم" ((متفق عليه)).
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Saʼd ibn Uboda kasal boʻldi va Paygʻambar ﷺ Abdurrahmon ibn Avf, Saʼd ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Masʼud bilan birga — uning ahvolini soʻrashga — uni ziyorat qildilar. U zot uning oldiga kelganda, uni oilasi oʻrab olgan holda topdilar va: «U vafot etdimi?» — dedilar. Ular: «Yoʻq, yo Rasululloh», — dedi. Paygʻambar ﷺ yigʻladilar va odamlar Rasululloh ﷺ ning yigʻlaganini koʻrgach, ularning hammasi yigʻladi. U zot: «(Quloq solib) eshityapsizlarmi? Alloh koʻz yoshi uchun ham, qalbning gʻami uchun ham azoblamaydi; balki U buning (sababidan) azoblaydi yoki oʻz rahmatini ato etadi», — dedilar va tillariga ishora qildilar hamda: «Mayyit — uning ortidan yaqinlarining yigʻisi sababli — azoblanadi», — dedilar. Umar (mayyit ortidan yigʻlaydiganlarning) yuzlariga tayoq bilan urar, tosh otar va tuproq separ edi.