- وعن معاوية بن الحكم رضي الله عنه قال: قلت يا رسول الله إني حديث عهد بجاهلية، وقد جاء الله تعالى بالإسلام، وإن منا رجالا يأتون الكهان؟ قال: "فلا تأتهم" قلت: ومنا رجال يتطيرون؟ قال: "ذلك شيء يجدونه في صدورهم، فلا يصدهم" قلت: ومنا رجال يخطون؟ قال: "كان نبي من الأنبياء يخط، فمن وافق خطه، فذاك" ((رواه مسلم)).
Muoviya ibn Hakam as-Sulamiy (roziyallohu anhu) aytadilar: Men Rasululloh ﷺ bilan namoz oʻqidim. Shunda jamoatdan bir kishi aksa urdi, men esa: ‹Yarhamukalloh (Alloh senga rahm qilsin)›, dedim. Shunda odamlar menga koʻzlari bilan tikilishdi. Men: ‹Onamning bolasi bechora boʻlsin! Sizlarga nima boʻldi, menga qarayapsizlar?› dedim. Ular qoʻllarini sonlariga ura boshlashdi. Men ularning meni jim qildirmoqchi ekanliklarini angladim. — Usmon dedi: — Ularning meni jim qildirayotganlarini koʻrgach, men jim boʻldim. (Muoviya) dedi: Rasululloh ﷺ namozni tugatganlarida — otam-onam u zotga fido boʻlsin — meni urmadilar ham, dagʻdagʻa qilmadilar ham, soʻkmadilar ham, soʻngra: «Albatta, bu namozda odamlarning soʻzidan biror narsa joiz emas. Bu faqat tasbeh, takbir va Qurʼon tilovatidir», dedilar — yoki Rasululloh ﷺ aytganlaridek. Men: ‹Ey Rasululloh, biz johiliyatdan yaqinda chiqqan bir qavmmiz, Alloh bizga Islomni keltirdi. Bizdan baʼzi kishilar kohinlar (folbinlar)ga boradilar›, dedim. U zot: «Sen ularning oldiga borma», dedilar. Men: ‹Bizdan baʼzi kishilar (qush uchirib) fol ochadilar›, dedim. U zot: «Bu ularning koʻngillarida topadigan narsalaridir, u ularni (ishdan) toʻsmasin», dedilar. Men: ‹Bizdan baʼzi kishilar (qumga) chiziq tortib (fol ochadilar)›, dedim. U zot: «Paygʻambarlardan bir Paygʻambar chiziq tortar edi. Kimning chizigʻi unikiga muvofiq kelsa, oʻsha (toʻgʻri)dir», dedilar. Men: ‹Mening bir choʻrim Uhud va Javvoniya tomonida qoʻylarni boqib yurardi. Bir kuni men uning oldiga borib qarasam, boʻri qoʻylardan birini olib ketibdi. Men ham Odam bolalaridan biriman, ular afsuslanganidek afsuslanaman. Shu sababli men uni bir tarsaki urdim›, dedim. Rasululloh ﷺ buni mening uchun katta (ish) deb bildilar. Men: ‹Uni ozod qilaymi?› dedim. U zot: «Uni mening oldimga olib kel», dedilar. Men uni u zotning oldilariga olib keldim. U zot (choʻriga): «Alloh qayerda?» dedilar. U: ‹Osmonda›, dedi. U zot: «Men kimman?» dedilar. U: ‹Siz Allohning Rasulisiz›, dedi. U zot: «Uni ozod qil, chunki u moʻminadir», dedilar.