- وعن عروة بن عامر رضي الله عنه قال: ذكرت الطِيَرة عند رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "أحسنها الفأل، ولا ترد مسلمًا فإذا رأى أحدكم ما يكره، فليقل: اللهم لا يأتي بالحسنات إلا أنت، ولا يدفع السيئات إلا أنت، ولا حول ولا قوة إلا بك".((حديث صحيح رواه أبو داود بإسناد صحيح))
Urva ibn Omir al-Qurashiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ huzurlarida fol (tatayyur) haqida soʻz ochildi. Shunda u zot: «Uning eng yaxshisi yaxshi fol (faʼl)dir va u musulmonni (oʻz ishidan) qaytarmasin. Biron kishi oʻziga yoqmagan narsani koʻrsa, ‹Allohumma laa yaʼtiy bil-hasanaati illaa Anta, va laa yadfaʼus-sayyiaati illaa Anta, va laa havla va laa quvvata illaa Bika› (Ey Alloh, yaxshiliklarni faqat Sen keltirasan, yomonliklarni faqat Sen daf qilasan, kuch-quvvat faqat Sendandir) desin», dedilar.