- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: قدم رسول الله صلى الله عليه وسلم من سفر وقد سترت سهوة لي بقرام فيه تماثيل فلما رآه رسول الله صلى الله عليه وسلم، تلون وجهه، وقال: "يا عائشة، أشد الناس عذابًا عن الله يوم القيامة الذين يضاهون بخلق الله" قالت: فقطعناه، فجعلنا منه وسادة أو وسادتين. ((متفق عليه)). «القِرامُ» بكسرِ القاف هو: السِّتْرُ. «وَالسَّهْوَةُ» بفتح السينِ المهملة وهي: الصُّفَّةُ تَكُونُ بَيْنَ يَدَيِ البَيْتِ، وقيلَ: هِيَ الطَّاقُ النَّافِذُ في الحائِطِ.
Oisha (roziyallohu anho) aytadi: «Rasululloh ﷺ Tabuk yoki Xaybar gʻazotidan qaytib keldilar. Uning xonasi tokchasida bir parda osigʻliq edi. Shamol esib, parda chetini koʻtarib yubordi va Oishaning qoʻgʻirchoqlari — oʻyinchoqlari koʻrinib qoldi. U zot: ‹Bu nima, ey Oisha?› dedilar. ‹Mening qoʻgʻirchoqlarim›, dedim. U zot ular orasida latta-puttadan qilingan ikki qanotli bir otni koʻrdilar-da: ‹Ularning oʻrtasida koʻrib turganim bu nima?› dedilar. ‹Bir ot›, dedim. ‹Uning ustidagi bu narsa nima?› dedilar. ‹Ikki qanot›, dedim. ‹Ikki qanotli ot-a?!› dedilar. ‹Sulaymonning qanotli otlari boʻlganini eshitmaganmidingiz?› dedim». (Oisha) aytadi: «Shunda u zot oziq tishlari koʻrinib ketguncha kulib yubordilar».