- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "قال الله تعالى: {ومن أظلم ممن ذهب يخلق كخلقي! فليخلقوا ذرة أو ليخلقوا حبة، أو ليخلقوا شعيرة" ((متفق عليه)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: Men Paygʻambar ﷺning shunday deganlarini eshitdim:) «Alloh azza va jalla: ‹Mening yaratishimdek yaratmoqchi boʻlib ketgan kishidan koʻra zolimroq kim bor?! Bas, ular bir zarra yaratsinlar-chi; yoki bir don, yoki bir arpa yaratsinlar-chi!› dedi», dedilar.