- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: واعد رسول الله صلى الله عليه وسلم جبريل عليه السلام في ساعة أن يأتيه، فجاءت تلك الساعة ولم يأته! قالت: وكان بيده عصًا، فطرحها من يده وهو يقول: "ما يخلف الله وعده ولا رسله" ثم التفت، فإذا جرو كلب تحت سريره. فقال: "متى دخل هذا الكلب؟" فقلت: والله ما دريت به، فأمر به فأخرج، فجاءه جبريل عليه السلام: فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "وعدتني، فجلست لك ولم تأتني" فقال: منعني الكلب الذي كان في بيتك، إنا لا ندخل بيتًا فيه كلب ولا صورة" ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Jibril alayhissalom Rasululloh ﷺ ga muayyan bir soatda kelishni vaʼda qildi. Oʻsha soat keldi, lekin u kelmadi. (Rasululloh ﷺ ning) qoʻllarida bir hassa bor edi. Uni qoʻllaridan tashlab: «Alloh ham, Uning elchilari (farishtalari) ham vaʼdasiga xilof qilmaydi», — dedilar. Soʻng oʻgirilib qarasalar, karavotlari ostida bir kuchukcha (turibdi). Shunda: «Ey Oisha, bu it qachon bu yerga kirdi?» — dedilar. (Oisha): «Vallohi, bilmadim», — dedi. Soʻng (Rasululloh ﷺ) buyurdilar va u (it) chiqarib yuborildi. Keyin Jibril keldi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Sen menga vaʼda berding, men sen uchun (kutib) oʻtirdim, lekin sen kelmading», — dedilar. (Jibril): «Meni uyingda boʻlgan it toʻsdi. Albatta, biz ichida it yoki surat boʻlgan uyga kirmaymiz», — dedi.