- وعن أنس رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إن هذه المساجد لا تصلح لشيء من البول ولا القذر، إنما هي لذكر الله تعالى، وقراءة القرآن" أو كما قال رسول الله صلى الله عليه وسلم . ((رواه مسلم)).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Biz masjidda Rasululloh ﷺ bilan (birga) ekanmiz, bir aʼrobiy kelib, masjidda turib, kichik hojat (bavl) qila boshladi. Shunda Rasululloh ﷺ ning ashoblari: «Toʻxta, toʻxta!» dedilar. (Roviy) dedi: Rasululloh ﷺ: «Uni boʻlmang (toʻxtatmang), uni (oʻz holiga) qoʻyinglar», dedilar. Bas, ular uni — toki bavl qilib boʻlguncha — qoʻyib turdilar. Soʻng Rasululloh ﷺ uni chaqirdilar-da, unga: «Albatta mana bu masjidlar mana shu bavl yoki najosat(ning biror narsasi) uchun loyiq (munosib) emas; ular faqat Alloh azza va jallani zikr qilish, namoz (oʻqish) va Qurʼon tilovati uchundir», dedilar — yoki Rasululloh ﷺ aytganidek —. (Roviy) dedi: Soʻng U Zot qavmdan bir kishiga buyurdilar; bas, u bir chelak suv keltirib, uni uning ustiga quydi (sepdi).