- وعنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إذا رأيتم من يبيع أو يبتاع في المسجد، فقولوا: لا أربح الله تجارتك، وإذا رأيتم من ينشد ضالة فقولوا: لا ردها الله عليك". رواه الترمذي، وقال: (حَدِيثٌ حَسَنٌ).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Masjidda sotayotgan yoki sotib olayotgan kishini koʻrsangiz: ‹Alloh savdongga foyda bermasin›, denglar. Masjidda yoʻqolgan narsasini soʻrab eʼlon qilayotgan kishini koʻrsangiz: ‹Alloh uni senga qaytarmasin›, denglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasan gʻarib hadisdir. Baʼzi ilm ahlining amali shunga (muvofiq)dir: ular masjidda sotish va sotib olishni makruh sanaganlar. Bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir. Baʼzi ilm ahli esa masjidda sotish va sotib olishga ruxsat berganlar.