- وعن جابر رضي الله عنه قال: قال النبي صلى الله عليه وسلم : "من أكل ثومًا أو بصلا فليعتزلنا، أو فليعتزل مسجدنا" ((متفق عليه)). وفي رواية لمسلم: "من أكل البصل، والثوم، الكراث، فلا يقربن مسجدنا، فإن الملائكة تتأذى مما يتأذى منه بنو آدم".
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Kim sarimsoq yoki piyoz yegan boʻlsa, bizdan yiroq tursin yoki masjidimizdan yiroq tursin va uyida oʻtirsin» dedilar. U zotga bir badr (Ibn Vahb aytadi: yaʼni laganni nazarda tutadi) keltirildiki, unda koʻkat-sabzavotlar bor edi. U zot undan hid sezib, u haqida soʻradilar va undagi koʻkatlar haqida xabar berildi. Shunda: «Buni (falon kishiga) yaqinlashtiringlar» dedilar. Uni oʻzlari bilan birga boʻlgan sahobalaridan biriga yaqinlashtirishdi. (Sahoba) buni koʻrib, uni yeyishni yoqtirmadi. U zot: «Ye, men sen pichirlashib gaplashmaydigan zot bilan pichirlashib gaplashaman» dedilar. Ibn Ufayr Ibn Vahbdan: «Unda koʻkatlar boʻlgan bir qozon bilan» deb rivoyat qildi. Lays va Abu Safvon Yunusdan (rivoyat qilganda) qozon voqeasini zikr qilmadilar. Bu Zuhriyning soʻzimi yoki hadis ichidanmi — bilmayman.