- وعن أبي موسى رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إني والله إن شاء الله لا أحلف على يمين، ثم أرى خيرًا منها إلا كفرت عن يميني، وأتيت الذي هو خير". ((متفق عليه))
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men ashʼariylardan bir guruh bilan Nabiy ﷺ ning oldilariga kelib, undan ulov soʻradik. Shunda u zot: «Allohga qasamki, men sizlarga ulov bermayman va mening oldimda sizlarni mindiradigan narsa yoʻq», — dedilar. (Abu Muso) dedi: Soʻng Alloh xohlagancha turdik, keyin (u zotga) tuyalar keltirildi. Shunda u zot bizga uchta oq oʻrkachli tuya berishni buyurdilar. Yoʻlga chiqqanimizda biz — yoki baʼzilarimiz boshqalarga — dedik: «Alloh bizga baraka bermaydi. Biz Rasululloh ﷺ ning oldilariga kelib, ulov soʻradik. U zot bizga ulov bermaslikka qasam ichdilar, soʻng bizga ulov berdilar». Shundan keyin ular u zotning oldilariga kelib, buni aytishdi. Shunda u zot: «Sizlarni men mindirganim yoʻq, balki Alloh sizlarni mindirdi. Allohga qasamki, agar Alloh xohlasa, men bir narsaga qasam ichsam, soʻng undan boshqasini yaxshiroq deb bilsam, albatta qasamimga kafforat berib, yaxshiroq boʻlganini qilaman», — dedilar.