- وعن عائشة رضي الله عنها قالت: كان النبي صلى الله عليه وسلم إذا عصفت الريح قال: اللهم إني أسألك خيرها، وخير ما فيها، وخير ما أُرسلت به، وأعوذ بك من شرها، وشر ما فيها، وشر ما أُرسلت به" ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shamol kuchli essa, derdilar: «Allohim! Men Sendan uning yaxshiligini, undagi narsaning yaxshiligini va u (shamol) nima bilan yuborilgan boʻlsa, oʻshaning yaxshiligini soʻrayman. Hamda Sendan uning yomonligidan, undagi narsaning yomonligidan va u nima bilan yuborilgan boʻlsa, oʻshaning yomonligidan panoh soʻrayman». (Oisha) dedi: Osmon bulutga toʻlsa (chaqmoq chaqsa), u zotning rangi oʻzgarar, goh chiqib, goh kirar, goh oldinga, goh orqaga yurar edilar. Yomgʻir yoqqach esa, u (bezovtalik) ulardan ketar edi. Men buni u zotning yuzlarida bilar edim. Oisha dedi: Men u zotdan soʻradim. Shunda u: «Ehtimol, ey Oisha, bu Od qavmi aytganidekdir: {Qachonki uni oʻzlarining vodiylariga yuzlangan bulut holida koʻrganlarida: ‹Bu bizga yomgʻir yogʻdiruvchi bulutdir›, dedilar} (Ahqof 24)», dedilar.