- عن زيد بن خالد رضي الله عنه قال: صلى بنا رسول الله صلى الله عليه وسلم صلاة الصبح بالحديبية في أثر سماء كانت من الليل، فلما انصرف أقبل على الناس، فقال: "هل تدرون ماذا قال ربكم؟ " قالوا: الله ورسوله أعلم. قال: قال: "أصبح من عبادي مؤمن بي وكافر بي ، فأما من قال: مُطِرْنَا بفضل الله ورحمته، فذلك مؤمن بي كافر بالكواكب، وأما من قال: مُطِرْنَا بنوء كذا وكذا، فذلك كافر بي مؤمن بالكواكب" ((متفق عليه)). والسماء هنا: المطر.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Hudaybiyada kechasi yoqqan yomgʻirdan soʻng bizga bomdod namozini oʻqib berdilar. Namozni tugatgach, odamlarga yuzlanib: «Robbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedilar. U zot dedilarki: «(Alloh) dedi: ‹Bandalarimdan baʼzisi Menga iymon keltirgan, baʼzisi esa kofir boʻlgan holda tongni qarshiladi. Kim: ‹Allohning fazli va rahmati bilan yomgʻir yogʻdi›, desa, u Menga iymon keltiruvchi, yulduzga kofir boʻlguvchidir. Kim: ‹Falon-falon yulduz tufayli yomgʻir yogʻdi›, desa, u Menga kofir, yulduzga iymon keltirguvchidir›».