- وعن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إن من أحبكم إلي، وأقربكم مني مجلسًا يوم القيامة، أحاسنكم أخلاقًا، وإن أبغضكم إلي وأبعدكم مني يوم القيامة، والثرثارون، والمتشدقون، والمتفيهقون".((رواه الترمذي وقال حديث حسن)). وقد سبق شرحه في باب حسن الخلق.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Darhaqiqat, sizlardan menga eng sevimlingiz va qiyomat kuni majlisda menga eng yaqiningiz xulqi eng goʻzal boʻlganlaringizdir. Va, darhaqiqat, sizlardan menga eng yomon koʻrinadigan va qiyomat kuni majlisda mendan eng uzoqdaganingiz ‹sarsarlar›, ‹mutashaddiqlar› va ‹mutafayhiqlar›dir», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli! Biz ‹sarsarlar› va ‹mutashaddiqlar›ni bildik, ammo ‹mutafayhiqlar› kimlar?», deyishdi. U zot: «Mutakabbirlardir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat bor). Bu hadis shu yoʻldan hasan gʻaribdir. ‹Sarsar› — gapni koʻp gapiruvchi, ‹mutashaddiq› — gapda odamlardan ustun kelishga uringan va ularga qoʻpollik qilgan kishidir.