- عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لا تسموا العنب الكَرْم، فإن الكَرْم المسلم" ((متفق عليه)). ((وهذا لفظ مسلم)). وفي رواية: "فإنما الكرم قلب المؤمن" وفي رواية للبخاري ومسلم: "يقولون الكرم، إنما الكرم قلب المؤمن".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Uzumni ‹karm› deb atamanglar. Chunki karm — musulmondir», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Karm — moʻminning qalbidir», deyilgan. Buxoriy va Muslimning bir rivoyatida: «Odamlar ‹karm› deydilar. Holbuki karm faqat moʻminning qalbidir», deyilgan.