- وعن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلى الله عليه وسلم صلى العشاء في آخر حياته، فلما سلم، قال: "أرأيتكم ليلتكم هذه؟ فإن على رأس مائة سنة لا يبقي ممن هو على ظهر الأرض اليوم أحد" ((متفق عليه)).
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ umrlarining oxirida bir kechasi bizga xufton namozini oʻqib berdilar. Salom berganlaridan keyin turib: «Mana shu kechangizni koʻryapsizlarmi? Shu kechadan boshlab yuz yilning boshiga kelganda, bugun yer yuzida boʻlganlardan birortasi qolmaydi», dedilar. Ibn Umar aytdi: Odamlar Rasululloh ﷺning oʻsha soʻzlari haqida — bu hadislarda yuz yil haqida soʻzlaganlarida — adashdilar. Aslida Rasululloh ﷺ: «Bugun yer yuzida boʻlganlardan birortasi qolmaydi», dedilar, bu bilan oʻsha asr (avlod) tugashini nazarda tutgan edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir.