- عن أبي الجهيم عبد الله بن الحارث بن الصمة الأنصاري رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "لو يعلم المار بين المصلي ماذا عليه لكان أن يقف أربعين خيرًا له من أن يمر بين يديه" ((قال الراوي: لا أدري قال أربعين يومًا، أو أربعين شهرًا، أو أربعين سنة)). ((متفق عليه)).
Busr ibn Said (Abu Juhaymdan) rivoyat qiladi: Zayd ibn Xolid uni Abu Juhaymning oldiga — Rasululloh ﷺ dan namoz oʻquvchining oldidan oʻtgan kishi haqida nima eshitganini soʻrash uchun — yubordi. Abu Juhaym: «Rasululloh ﷺ: ‹Namozda (turgan) kishining oldidan oʻtgan kishi oʻz gunohining qancha katta ekanligini bilganida, uning oldidan oʻtishdan koʻra qirq (kun, oy yoki yil) kutishni afzal koʻrar edi›, — dedilar», — dedi. Abu Nazr: «Qirq kunmi, oymi yoki yilmi deganini aniq eslay olmayman», — dedi.