- وعن ابن عباس رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “لا تتلقوا الركبان، ولا يبع حاضر لباد" فقال له طاوس: ما قوله: لا بيع حاضر لباد؟ قال: لا يكون له سمسارًا. ((متفق عليه)).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Karvonlarni (yoʻlda) qarshi olmanglar va shaharlik kishi badaviy uchun sotmasin», dedilar. Shunda Tovus u kishidan: «‹Shaharlik kishi badaviy uchun sotmasin› degani nima?» deb soʻradi. U: «Unga dallol (vositachi) boʻlmasin», dedi.