- وعن وراد كاتب المغيرة شعبة قال: أملى على المغيرة بن شعبة في كتاب إلى معاوية رضي الله عنه ، أن النبي صلى الله عليه وسلم أن يقول في دبر كل صلاة مكتوبة: "لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير، اللهم لا مانع لما أعطيت، ولا معطي لما منعت، ولا ينفع ذا الجد منك الجد" وكتب إليه أنه "كان ينهى عن قيل وقال، وإضاعة المال، وكثرة السؤال، وكان ينهى عن عقوق الأمهات، ووأد البنات، ومنع وهات” ((متفق عليه وسبق شرحه)).
Mugʻiraning kotibi Varrod (rahimahulloh) aytdi: Muoviya Mugʻiraga: «Rasululloh ﷺ dan eshitgan narsangni menga yozib yubor», deb yozdi. U esa unga shunday yozdi: Allohning Nabiysi ﷺ har namozdan keyin: «Lo ilaha illalloh, vahdahu lo sharika lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu, va huva alo kulli shayin qadir. Allohumma lo moniʼa limo aʼtayta, va lo muʼtiya limo manaʼta, va lo yanfaʼu zal-jaddi minkal-jadd», deb aytar edilar. Yana unga shuni yozdiki, u zot qiyl-u qol (behuda gap-soʻz)dan, koʻp savol berishdan va molni zoye qilishdan qaytarardilar; onalarga oqibatsizlik qilishdan, qizlarni tiriklayin koʻmishdan hamda (haqni) bermaslik va (haqsiz narsani) talab qilishdan qaytarardilar.