- وعن المغيرة بن شعبة رضي الله عنه قال: ما سأل أحد رسول الله صلى الله عليه وسلم عن الدجال أكثر مما سألته؛ وإنه قال لي: "مايضرك؟ "قلت: إنهم يقولون: إن معه جبل خبز ونهر ماء! قال: "هو أهون على الله من ذلك" ((متفق عليه)).
(Qays aytdi: Menga al-Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu) dedi:) Hech kim Paygʻambar ﷺdan Dajjol haqida men soʻraganchalik soʻramagan. U zot menga: «Undan senga zarar yetmaydi (u senga ziyon qila olmaydi)», dedilar. Men: «Chunki ular: ‹Uning yonida non togʻi va suv daryosi bor›, deyishadi-ku», dedim. U zot: «U — Allohga shundan ham (koʻra) xorroq (osonroq)dir», dedilar.