- وعنه رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " والذي نفسي بيده لا تذهب الدنيا حتى يمر الرجل بالقبر، فيتمرغ عليه، ويقول: ياليتني مكان صاحب هذا القبر، وليس به الدين، ما به إلا البلاء" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan zotga qasamki, bir kishi qabr yonidan oʻtib, unga agʻnab (yotib): ‹Qaniydi men shu qabr egasining oʻrnida boʻlsam!› — demaguncha dunyo (oʻtib) ketmaydi. Bu (orzu) din sababidan emas, faqat balo sababidandir», — dedilar.