- وعنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "يتركون المدينة على خير ما كانت، لا يغشاها إلا العوافي -يريد: عوافي السباع والطير، وآخر من يحشر راعيان من مزينة يريدان المدينة ينعقان بغنمهما فيجدانها وحوشاً، حتى إذا بلغا ثنية الوداع خراً على وجوههما" ((متفق عليه)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Allohning Rasuli ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Odamlar Madinani — u eng yaxshi holatda boʻlsa ham — tark etadi va unda yovvoyi qushlar hamda yirtqich hayvonlardan boshqa hech kim (hech narsa) qolmaydi. (Madinada) eng oxirida vafot etadigan (kishilar) — Muzayna (qabilasi)dan boʻlgan ikki choʻpon boʻladi: ular qoʻylarini Madinaga tomon haydab keladi, lekin unda hech kimni topmaydi; va ular Saniyatul-Vadoʼ vodiysiga yetganda, yuztuban (yiqilib) oʻlib qoladi», — dedilar.