- وعنه رضي الله عنه أنه سمع رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "كانت امرأتان معهما ابناهما، جاء الذئب فذهب بابن إحداهما، فقالت لصاحبتها: إنما ذهب بابنك، وقالت الأخرى إنما ذهب بابنك فتحاكما إلى داود صلى الله عليه وسلم فقضى به للكبرى، فخرجتا على سليمان بن داود، صلى الله عليه وسلم فأخبرتاه، فقال: ائتوني بالسكين أشقه بينهما. فقالت الصغرى: لا تفعل رحمك الله، هو ابنها، فقضى به للصغرى" ((متفق عليه)).
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ: «Ikki ayol bor edi, ular bilan oʻzlarining ikki oʻgʻli bor edi. Boʻri kelib, ulardan birining oʻgʻlini olib ketdi. Shunda (biri) sherigiga: ‹Boʻri sening oʻgʻlingni olib ketdi›, dedi. Boshqasi esa: ‹Yoʻq, sening oʻgʻlingni olib ketdi›, dedi. Ular Dovud (alayhissalom)dan hakamlik soʻradilar; u (bolani) kattasiga hukm qildi. Soʻng ular Sulaymon ibn Dovud (alayhimassalom)ning oldiga chiqib, unga (voqeani) aytdilar. U: ‹Menga pichoq keltiringlar, men uni ikkovingiz oʻrtasida boʻlay›, dedi. Kichigi: ‹Yoʻq, qilma, Alloh senga rahm qilsin! U (bola) uning oʻgʻli›, dedi. Shunda (Sulaymon bolani) kichigiga hukm qildi», dedilar. Abu Hurayra aytdi: Vallohi, men ‹sikkin› (degan soʻzni) faqat oʻsha kuni eshitdim; biz (uni doimo) ‹mudya› deb atar edik.